Toshkent shahrida yashovchi bir guruh shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Tezkor tadbirlar davomida 130 mln so‘mdan ortiqroq qiymatga ega dorilar musodara qilingan.
Toshkent va Namangan shaharlarida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari saqlagan va savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Dori vositalari esa musodara qilindi.
Hukumat og‘riq qoldiruvchi “Tapentadol” dori vositasini O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotiklar ro‘yxatiga kiritdi. “Gabapentin” esa ushbu sohada nazoratni kuchaytirish uchun TN VED kodlari beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.
DXX va Bojxona qo‘mitasi Xitoydan pochta orqali kuchli ta’sir ko‘rsatadigan “pregabalin” preparatini olib kirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib kelgan guruhni fosh qildi. 75,7 kg preparat musodara qilindi.
O‘zbekistonga noqonuniy ravishda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirish va ularni mamlakat bo‘ylab tarqatish bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlanib, ularga tegishli 75 275 dona dorilar olib qo‘yildi.
Navoiyda qozog‘istonlik narkokur’erlar viloyatning Uchquduq tumani Qizilqum cho‘li hududiga xufiyona tarzda 12 ming dona «Tramadol» dori vositalari ko‘mib ketgani aniqlandi. Toshkentda esa tish doktori psixotrop dorilar savdosiga aralashib qoldi. Boshqa urinishlar ham fosh qilindi.
DXX Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Gumondorlar yonidan, ularga tegishli mashina va xonadonlardan jami 5,5 mingga yaqin «Tropikamid», «Zardeks», «Lirika», «Regapen» va «Siklodol» topildi. Qolaversa, garov sifatida qoldirilgan haydovchilik va nikoh guvohnomalari, diplom, pasportlar borligi aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqanddagi mehmonxonada 4892 dona «Repagen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini $7500 va 4,5 mln so‘mga sotishda gumon qilingan shaxslar ushlandi.
DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda samarqandlik ikki fuqaro yonida 1 kgdan ortiq gashish moddasi bilan ushlandi. Ularga narkokurerlik uchun 1 mln so‘mdan berilishi aytilgan. Bundan tashqari, Toshkent shahri, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ham giyohvand moddalar savdosi bilan aloqador bir nechta gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.
Toshkentning Yashnobod va Shayhontohur tumanlarida «Zardeks» «Regapen» va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotib kelgan dorixonalar faoliyati fosh etildi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkentda katta miqdordagi «Tropikamid», «Zardeks» va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” va “Zardeks” dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.
Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi «Regapen», «Tropikamid», «Zardeks» dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.
Bektemir tumanida Mercedes-Benz Sprinter avtomashinasida O‘zbekistonga noqonuniy olib kelinayotgan qiymati 1 mlrd 93 mln 680 ming so‘m bo‘lgan «Tropikamid» dorisi topildi. Shuningdek, Yangihayot va Chilonzor tumanlarida ham kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotgan dorixonalar litsenziyasi bekor qilinadi, deya ogohlantirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bayonot poytaxtda shu kabi dori vositalarini sotish bo‘yicha qariyb 40 ta holat aniqlanganidan keyin e’lon qilindi.
Poytaxtning Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi dorixonalarida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni noqonuniy realizatsiyasi bilan bog‘liq 37 ta holat aniqlandi. Shulardan jami 62 337 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting